Keltirilgan holatlar yuzasidan Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o'tkazilgan o'rganishda ushbu xarid jarayonida ishtirok etgan tadbirkorlik sub'ektlarining rahbar va ta'sischilari yaqin qarindosh ekanligi, shu bois mazkur jamiyatlar affillangan shaxslar hisoblanishi ma'lum bo'lgan.
Xarid komissiyasi tomonidan yuqoridagi davlat xaridlarini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi «Davlat xaridlari to'g'risida»gi Qonunning bir qator talablari buzilganligi sababli buyurtmachiga xarid natijalarini bekor qilish haqida taqdimnoma kiritildi.
O'rganish jarayonida to'plangan hujjatlar aybdor shaxslarga qonuniy chora ko'rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi.