UzAuto Motors mashinalar narxi nega keskin qimmatlashganini aytdi

    ​​Ikkinchi avlod Chevrolet Malibu avtomobillari Oʻzbekiston bozorida 2017-yil aprel oyidan paydo boʻldi. Har bir yangi Chevrolet Malibu rusumining narxi avtomobil modifikatsiyasidan kelib chiqib tasdiqlangan va shu vaqtga qadar biror marta narxi oshmagan.

    Ikki litr hajmdagi turbomotorli Chevrolet Malibu LTZ Premier Facelift avtomobilining soʻngi Premium versiyasi 2019-yil oktyabr oyida sotuvga chiqarildi. Ushbu avtomobilning narxi 2021-yil mart oyigacha oʻzgarmadi.

    Dollar kursining oʻsishi (30%dan koʻproqqa), Koreya Respublikasi voni kursining dollarga nisbatan mustahkamlanishi (10-15%), pandemiya va boshqa omillar natijasida logistika narxining dunyo miqyosida oʻsishi ushbu avtomobil rusumi narxining yangilanishiga asosiy sabablaridan boʻldi.

    Bundan tashqari, Chevrolet Tracker avtomobiliga yangi imkoniyatlar qoʻshildi – yangilangan Tracker avtomobili avvalgi rusumlardan ichki iqlim nazorati, elektron boshqariluvchi haydovchi oʻrindiqlari va sunʼiy charmdan ishlangan oʻrindiqlar hamda boshqa qulayliklar iborat Redline majmuasida taqdim etilgan.

    Chevrolet Equinox avtomobilida RS komplektatsiyasida yangilanishi munosabati bilan quyidagi qulaylik paydo boʻldi:

    📌 toʻliq svetodiodli yoritish jihozlari;
    📌 moslashtirilgan Cruise-nazorat tizimi;
    📌 avtoturargohdan chiqishda boshqa transport vositalari harakati haqida ogohlantirish tizimi;
    📌 koʻrinmas zonalar monitoringi;
    📌 oldi oʻrindiqlarda havo almashtirish tizimi;
    📌 Premium toifadagi akustika tizimi;
    📌 xavfsizlikni taʼminlash tizimi (yoʻlovchilarni aniqlash, toʻqnashuv haqida ogohlantirish, yoʻl chiziqlari boʻylab harakatlanishda nazorat tizimi va boshqalar).