"UzAuto Motors" Moʻgʻulistonga "Cobalt" avtomobillarini eksport qilishni boshladi

    Shu yilning 30-iyul kuni Asaka zavodidan Chevrolet "Cobalt" avtomobillarining birinchi partiyasi Moʻgʻulistonga joʻnab ketdi.

    Bu haqda "UZAUTO MOTORS" AJ maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, ushbu hamkorlik “UzAuto Motors” kompaniyasi uchun yangi bozorlarga kirish imkoniyatini kengaytirish bilan birga Chevrolet Oʻzbekiston brendini yangi bosqichga olib chiqadi.

    Ishonchliligi va chidamliligi bilan mashhur boʻlgan Chevrolet “Cobalt” Moʻgʻulistonning noqulay iqlim va ogʻirlashgan yoʻl sharoitlarida foydalanish uchun barcha talablarga javob beradi. Bu haqiqat uni yoʻlda xavfsizlik va qulaylikni qadrlovchi mahalliy haydovchilar uchun ideal tanlovga aylantiradi.

    "UzAuto Motors" kompaniyasining Moʻgʻulistondagi vakillari bilan strategik hamkorligi Chevrolet avtomobillarini Moʻgʻuliston bozorida targʻib qilish va hamkor mamlakat mijozlari uchun yuqori darajadagi xizmatni taqdim etishga qaratilgan.