“UzAuto Motors” rahbari ishdan ketdi

    “UzAuto Motors” va “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyalari bosh direktori Bo Andersson oʻz faoliyatini yakunladi

    Bugun, 27-dekabr kuni ushbu lavozimda 3-yil muddat foliyat olib borgan Bo Anderssonni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda shvetsiyalik mutaxassisning Oʻzbekiston avtomobil sanoati rivojiga qoʻshgan xizmatlari qayd etildi.

    Oʻtgan 3,5-yil davomida qilgan barcha ishlarimiz butun jamoamiz: muhandislar, menejerlar, hunarmandlar va eng muhimi ishchilar mehnatining samarasidir. Ishonchim komilki, har qanday korxonaning asosi insondir. Soʻnggi yillardagi muhim natijalar qatorida kompaniyada barchani muvaffaqiyatlari va natijalariga koʻra ragʻbatlantirish imkonini beruvchi aniq va aniq KPI tizimini joriy etganimizdan xursandman, – degan Bo Andersson.

    Anderson Shvetsiya harbiy akademiyasi, Garvard universiteti, Stokgolm universiteti bitiruvchisi boʻlib, u avtomobilsozlik sohasidagi faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning Saab Automobile AB kompaniyasida boshlagan.

    2001-2009-yillarda General Motorsʼning global xarid boʻlinmasiga rahbarlik qilgan. 2009-yildan 2013-yilgacha Gruppa GAZ korxonasi, 2014-yildan 2016-yilgacha AvtoVAZ OAJ prezidenti boʻlgan. Oʻzbekistonda esa 2021-yil ish boshlagandi.