Film postanovkachi rejissyori Akbar Bekturdiyev kinokartina qanday jarayonlarda ekanligi haqida maʼlumotlar berdi: «Uzbechka» (“Oʻzbek qizi”) - murakkab postanovkali tarixiy-harbiy badiiy film sanaladi. Hozirgi paytda filmni suratga olish uchun tayyorgarlik jarayonlarining birinchi etapi yakunlandi. Film ssenariysidagi urushgacha boʻlgan jarayon, yaʼni Oʻzbekiston hududidagi sahnalari kech kuz va yoz fasllari voqealari mavsumlarga qarab suratga olinadi. Shuningdek, jang bilan bogʻliq urush sahnalari Belarus Respublikasining Minsk shahri hududida tasvirga olish rejalashtirilgan. Kinokartinadagi kech kuz epizodlari Jizzax viloyati qishloqlarida suratga olinadi».

Kinokartina ijodiy guruhida belaruslik ijodkorlar ham ishlamoqda. Postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiyev, operatorlar Husan Alijonov, Maksim Kurovskiy, postanovkachi rassomlar Akmal Saidov, Vitaliy Grigorevich, kostyumer Natalya Odinsova, grimyorlar Galina Ivanova, Nadejda Kolyosova, ekshn Roman Korolev, art prodyuserlar Fayzirahmon Usmonov, Yuriy Ivanov.

Rollarda Aysenem Yusupova, Zulxumor Moʻminova, Muhammadiso Abdulxayirov, Farhod Xudoyberdiyev va boshqalar, deb xabar beradi «Oʻzbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmati.