Bu haqda “Oʻzbekiston aeroportlari” AJ axborot xizmati xabar qildi.

Ushbu tizim boʻyicha birinchilardan “Namangan” xalqaro aeroporti “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining Namangan-Moskva yoʻnalishi boʻyicha qatnovga ushbu yangi tizim boyicha xizmat koʻrsatdi. Bortida 222 ta yoʻlovchilari boʻlgan samolyot bugun, mahalliy vaqt bilan 06:25 da, havoga koʻtarildi. Yangi roʻyxatga olish tizimi boʻyicha ikkinchi qatnov ham 12-yanvar kuni soat 03:00da Namangan aeroportidan Yekaterinburgga amalga oshiriladi.

“Ilgari barcha aeroportlar milliy aviakompaniyaning bitta roʻyxatdan oʻtish tizimidan foydalanardi. Keyinchalik aeroportlar uchun oʻzlarining roʻyxatga olish tizimiga ega boʻlish ehtiyoji tugʻildi. Uzbekistan Airports Sirena Travel kompaniyasining Astra DCS tizimini tanladi. Oʻzbekistonning barcha 11 ta xalqaro aeroportlarida, oʻzining roʻyxatga olish tizimiga ega boʻlmagan barcha aviakompaniyalar uchun ham, ushbu tizimga oʻtish bosqichma-bosqich otiladi. Astra DCS tizimi grafik interfeysga ega boʻlib, yoʻlovchilar va yuklarni tez va qulay tarzda roʻyxatdan oʻtkazish imkonini beradi”, — deydi “Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Javlon Umarxoʻjayev.

Taʼkidlash joizki, ushbu ijrochi ochiq tanlov tartib-taomillari natijalari asosida tanlangan. Sirena Travel kompaniyasining Astra DCS — yoʻlovchilar va bagajni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonining barcha zarur operatsiyalarini avtomatik ravishda bajarilishini taʼminlaydigan zamonaviy koʻp tilli xosting tizim.