"Uzbekistan Airways" yoshi kattalar uchun chegirma e’lon qildi

    "Uzbekistan Airways" 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan yuqori ayollar uchun turizm oyligi munosabati bilan 25 foizli chegirma eʼlon qildi.

    Jumladan, shu yilning 1-noyabridan boshlab 30-noyabriga qadar davom etadigan mazkur 25 foizli chegirma barcha ichki aviaqatnovlarning ekonom-klassi uchun (K-klass va undan yuqori) aviachiptalarining amal qiladi.

    Chegirmali aviachiptalarni "Uzbekistan Airways" Sales filiali yoki Oʻzbekistonda joylashgan aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin. Aviachipta sotib olayotganda yoningizda pasport yoki ID karta boʻlishi kerak.