Uzbekistan Airways Express O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan hamkorlikda 22 nafar migrant-yo'lovchilarga Toshkent-Moskva yo'nalishi bo'yicha bir martalik bepul aviachiptalarni hadya etdi.
Uzbekistan Airways Express “to'liq ekonom” tarzida komponovka qilingan 4 ta Airbus A320 samolyotida mahalliy va mintaqalararo aviaqatnovlarga e'tibor qaratadi. Parvozlar Moskva, Novosibirsk, Qozon, Rostov-na-Donu, Krasnodar, Sochi, Mineralnie Vodi, Yekaterinburg va Aqtau, Aqtobe kabi shaharlarga amalga oshiriladi, deyiladi “Uzbekistan Airways” bergan xabarda.