“Uzbekistan Airways” AJ 2021yil noyabrdan 2022-yil martga qadar Samarqand -Istanbul -Samarqand, Urganch -Istanbul -Urganch hamda Fargʻona -Istanbul -Fargʻona yoʻnalishlariga qatnov kunlari va vaqti oʻzgartirilishini maʼlum qiladi.

Yangi jadvalga koʻra, Samarqand -Istanbul -Samarqand yoʻnalishi boʻyicha parvozlar dushanba, chorshanba va juma kunlari (haftasiga uch marotaba), Urganch – Istanbul – Urganch yoʻnalishlari boʻyicha seshanba kunlari (haftasiga bir marotaba) va Fargʻona – Istanbul – Fargʻona yoʻnalishlari boʻyicha chorshanba va shanba kunlari (haftasiga ikki marotaba) amalga oshiriladi.

Samarqand -Istanbul -Samarqand

- Samarqanddan uchish: 08: 40 (Toshkent vaqti bilan);

- Istanbulga kelish: 11: 40 (Istanbul vaqti bilan);

- Istanbuldan ketish: 13: 10 (Istanbul vaqti bilan);

- Samarqandga kelish: 19: 25 (Toshkent vaqti bilan).

Samarqand-Istanbul yoʻnalishidagi aviachipta narxi 2 million 899 ming soʻmdan, Samarqand – Istanbul – Samarqand yoʻnalishi boʻyicha esa, 4 million 215 ming soʻmdan boshlanadi.

Urganch -Istanbul -Urganch

- Urganch shahridan joʻnab ketish: 09:30 (Toshkent vaqti bilan);

- Istanbulga kelish: 11: 50 (Istanbul vaqti bilan);

- Istanbuldan ketish: 13: 20 (Istanbul vaqti bilan);

- Urganch shahriga kelish: 19: 05 (Toshkent vaqti bilan).

Urganch-Istanbul yoʻnalishidagi aviachipta narxi 2 million 691 ming soʻmdan, Urganch – Istanbul – Urganch yoʻnalishi boʻyicha esa, 4 million 18 ming soʻmdan boshlanadi.

Fargʻona -Istanbul -Fargʻona

- Fargʻona shahridan joʻnab ketish: 08: 45 (Toshkent vaqti bilan);

- Istanbulga kelish: 12: 25 (Istanbul vaqti bilan);

- Istanbuldan ketish: 14: 00 (Istanbul vaqti bilan);

- Fargʻonaga kelish: 20: 50 (Toshkent vaqti bilan).

Fargʻona-Istanbul yoʻnalishida aviachipta narxi 2 million 899 ming soʻmdan, Fargʻona – Istanbul – Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha esa 4 million 215 ming soʻmdan boshlanadi, deb xabar beradi “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati. Shuningdek, xabar orqali aviachiptalar narxi 06.10.2021 holatiga koʻra amal qilishi eslatiladi.