Uzbekistan Airways Olmaota, Aktobe va Oqtovga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi

    Transport 13 Yanvar 2022 1237

    2022-yil 15-yanvardan boshlab, aviakompaniya Toshkent-Olmaota-Toshkent, Samarqand-Olmaota-Samarqand, Nukus-Aktobe-Nukus, Urganch-Oqtov-Urganch, Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yadi.

    Ta’kidlash joizki, Olmaota xalqaro aeroporti xalqaro qatnovlarni soat 08.00 dan 21.00 gacha (Olmaota vaqti bilan) qabul qiladi. Ushbu munosabat bilan Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-765/766 qatnovi 16-yanvar kuni bekor qilinadi, mazkur parvoz yo‘lovchilari 17 yanvar kuni Toshkent-Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-763/764 aviaqatnovi orqali manzilga yetkaziladi.

    Olmaota va Aktobe, Oqtov shaharlarida bekor qilingan (2022-yil 7-dan 13-yanvarga qadar) qatnovlar yo‘lovchilari aviachiptaning too‘liq qiymatini xarid qilingan joyda qaytarib olish yoki istalgan boshqa bo‘sh sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga egadirlar, deb xabar beradi Transport vazirligi Uzbekistan Airways ma’lumotiga tayanib.

    Shuningdek, xabar orqali Qozog‘istonga safar qilishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar https://www.uzairways.com/uz/covid-19-0 havola orqali davlatga kirish qoidalari bilan tanishishi mutsmkinligi eslatiladi.