A320 havo kemasi Rossiya havo hududida boʻlgan vaqtda “Uzbekistan Airways” AJ, shuningdek, Rossiya va Belorussiya aviatsiya xizmatlari xodimlarining e-mail manzillariga anonim manzildan havo kemasida bomba joylashgani haqida maʼlumot yuborilgan.
Havo kemasining yoʻlovchilari va ekipaj aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida A320 havo kemasi komandiri samolyotni tekshirish va koʻzdan kechirish maqsadida eng yaqin “Domodedovo” xalqaro aeroportiga qoʻnishga qaror qilgan, deya xabar beradi “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati.
Ayni paytda layner, yoʻlovchilar, ularning yuklari, yuk va pochta belgilangan tartibda tekshirildi. Havo kemasining minalashtirilgani haqidagi maʼlumot tasdiqlanmadi.