Chegirma barcha aviachiptalar uchun faqat ekonom-klass tariflarida amal qiladi va oʻz shahridan uzoqda joylashgan oliy oʻquv yurtlarida kunduzgi boʻlimda tahsil olayotgan talabalarga taqdim etiladi.

Chegirmali aviachipta olish uchun yoʻlovchi talabalik guvohnomasi va oliy oʻquv yurti dekanatidan maʼlumotnoma taqdim etishi kerak, deb xabar beradi Uzbekistan Airways kompaniyasi matbuot xizmati. Shuningdek xabar orqali bir nechta chegirmalarni umumlashtirish mumkin emasligi eslatiladi.