Oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgani bois “Uzbekistan Airways” AJ 23-yanvarga qadar talabalar uchun respublika bo’ylab amalga oshiriladigan ichki reyslarga 50% chegirma muddatini uzaytirdi. 10.01.2022ga qadar xarid qilingan aviachiptalar 23-yanvargacha rejalashtirilgan reyslarga bepul qayta bron qilinadi.

Shuningdek, aviakompaniya joriy yilning 20 – 23-yanvar kunlari qo’shimcha reyslarni amalga oshiradi.