“Uzbekistan Airways” talabalarga muhim eslatma bilan chiqdi

    Transport 22 Yanvar 2022 636

    Oʻquv yilining ikkinchi yarmida darslar onlayn tarzda boshlanishi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” talabalarga murojaat bilan chiqdi:

    • 2022-yil 23-fevralgacha, shu jumladan, bepul parvozlarga chegirma saqlanib qolgan holda, 24-yanvargacha boʻlgan aviaqatnovlarga 50% chegirma bilan xarid qilingan aviachiptalarni 23-fevralga qadar bepul qayta bron qilishlari mumkin;

    • Dekanatdan maʼlumotnoma va talabalik guvohnomasini taqdim qilsalar, xarid qilayotgan savdo joylaridan 50% chegirma bilan aviachiptalarni rasmiylashtirishlari mumkin.