Aktsiyadorlik jamiyatining barcha tarkibiy bo'linmalari rahbarlari ishtirok etgan uchrashuda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, yo'lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, aviakompaniya va yo'lovchilar o'rtasidagi amaldagi qonunchilikda belgilangan munosabatlarni yanada kuchaytirish, bevosita muloqotlar qilish orqali yuzaga kelgan takliflar va muammolarni o'rganish, mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf qilish va kelgusida bunday vaziyatlarni oldini olish bo'yicha qilinayotgan ishlar to'g'risida fikr almashildi.
— Mening asl kasbim uchuvchi, — deydi mehnat faxriysi Tolemis Tundibaev. — Butun hayotim parvozda o'tgan. Bugungi sayyor qabul fuqarolar uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki fuqarolarning aviaparvozdan foydalanish paytida har xil muammolar kelib chiqishi tabiiy. Bugun ilk martoba tashkil etilgan qabul paytida barchamiz o'zimizni qiynab kelayotgan savollarga atroflicha javob oldik. Shuningdek, o'z takliflarimizni ham berdik.
So'nggi yillarda mamlakatimizda yaratilgan shaffoflik va oshkoralik muhiti xalq bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqat qilish imkonini bermoqda. Ushbu sayyor yig'lishlarida ham yo'lovchilar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarish, himoya qilish va kafolatlash borasida aniq manzilli ishlar amalga oshirilayotganligi to'g'risida ma'lumot berildi.
— Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qo'shimcha o'rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo'yicha mas'ul rahbar va xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi, — deydi yo'lovchilarni tashish boshqarmasi boshlig'i Aziz Muxammedjanov. — Xalq bilan muloqot tarzida bo'lib o'tayotgan bu kabi sayyor qabullarni mamlakatimizning barcha hududlarida muntazam o'tkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda aviakompaniya vakillariga qanday qilib uchuvchi va bort ko'zatuvchisi kasbini egallash bo'yicha, yangi yo'nalishlarni ochish zarurligi to'g'risida takliflar va murojaatlar kelib tushdi. Sayyor muloqat onlayn tarzida o'tkazilganligi bois yozma ravishdagi savollarga ham javoblar qaytarildi. Navbatdagi sayyor qabul Urganch shahrida bo'lib o'tadi.
Minajatdin Qutlimuratov,
“Yangi O'zbekiston” muxbiri.