Samarqand xalqaro aeroporti ochilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Samarqand – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovlarni qayta tikladi.
Ushbu yoʻnalishdagi ilk qatnovlar joriy yilning 14, 15 va 16-dekabriga rejalashtirilgan. Aviaqatnovlar jadvali bilan www.uzairways.com saytida tanishish mumkin.