«Uzbekistan GTL» kompaniyasi ASSA xalqaro uyushmasining akkreditatsiyasini qo‘lga kiritdi

    Energetika 31 Mart 2021 722

    «UZBEKISTAN» GTL MChJ «O‘zbekneftgaz» AJ tarkibiy bo‘linmalari orasida birinchi va O‘zbekiston Respublikasida sakkizinchi bo‘lib, ASSAning (Diplomga ega Sertifikatlangan Buxgalterlar uyushmasi) akkreditatsiyalangan ish beruvchi (ACCA Approved Employer) maqomini oldi.

    Bu Kompaniyaning moliya va buxgalteriya sohasidagi mutaxassislarini tayyorlashning yuqori sifatini ko‘rsatadi. Mazkur Uyushmaning akkreditatsiyasini qo‘lga kiritish va a’zosi bo‘lish «UZBEKISTAN GTL» xodimlariga jahonning ilg‘or amaliyotlariga asoslangan o‘quv dasturi doirasida rivojlanish va o‘sish uchun qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi. Uyushma a’zolari moliyaviy hamjamiyat mutaxassislari bilan tajriba almashishi, ACCA tadbirlari va vebinarlarida ishtirok etishi, shuningdek, muntazam ravishda mashg‘ulotlarida o‘qish va malakasini oshirishi mumkin.

    ACCA dunyo bo‘ylab 630 000 dan ziyod a’zo va talabalarni, shuningdek 7 400 akkreditatsiyalangan ish beruvchilarni o‘z ichiga olgan professional buxgalterlarning notijorat xalqaro tashkiloti hisoblanadi. Uyushma 1904 yilda Birlashgan Qirollikda tashkil etilgan va hozirgi kunda 181 mamlakatda faoliyat ko‘rsatadi.

    Bundan tashqari, ba'zi moliyaviy tashkilot va banklar, ASSA sertifikati mavjud bo‘lganda, notarial tasdiqlash va apostil kabi qo‘shimcha tasdiqlovchi talablarni qo‘ymaydi.

    Uyushma tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar buxgalterlar va moliyachilar uchun yagona xalqaro malakasi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tasdiqlangan. ACCA guvohnomasi kasbiy hamjamiyatda eng nufuzli hisoblanadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.