Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, unda oʻrnatilgan zamonaviy uskunalar bilan batafsil tanishildi va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini birgalikda amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Uzbekistan GTL — “Oʻzbekneftgaz” AJ tarkibiga kiruvchi korxona boʻlib, dunyodagi eng yirik va eng ilgʻor zavodlardan biridir. Loyiha Oʻzbekistonning tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatlarini sezilarli darajada kengaytirish va uglevodorod xomashyosi importini keskin qisqartirishga qaratilgan.
Belorussiyaning Vitebsk oblasti delegatsiyasi zavodda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish samaradorligini, unda oʻrnatilgan uskunalarni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va hajmini yuqori baholadi va bunday korxona zamonaviy Oʻzbekiston tarixidagi yangi sahifani ochib berganini taʼkidladi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.