O'zbekiston Italiya bilan dzyudo va sport tibbiyoti bo'yicha hamkorlik qiladi

    Sport 23 May 2020 2631

    O'zbekiston dzyudo federatsiyasi va Italiya dzyudo, karate, kurash va jang san'atlari federatsiyasi (Federazione Italiana Judo, Lotta, karate, Arti Marziali - FILJKAM) dzyudo mashg'ulotlari va sport tibbiyotida tajriba almashish borasida hamkorlik qilish uchun yangi bitim imzoladi.

    Pandemiya tufayli hujjat uzoq masofadan turib onlayn tarzda imzolandi. Ushbu hamkorlikni o'rnatish tashabbusi O'zbekistonning Rimdagi elchixonasi tomonidan Italiya Kurash federatsiyasining prezidenti bo'lgan Kampaniya va Molize (Italiya) mintaqalaridagi Faxriy konsuli Vittorio Georgi ko'magida ilgari surilgan.

    SHunday qilib, 2019 yil dekabr` oyida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vitse-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov tomonida Italiyaga tashrif uyushtirilgan edi. U FILJKAM prezidenti Domeniko Fal`kone, tashkilot bosh kotibi Massimiliano Benuchchi, texnik direktor Kioshi Murakami bilan uchrashgan. FIJLKAM Olimpiya majmuasiga tashrif chog'ida O'zbekiston delegatsiyasi sportchilarni tayyorlash jarayoni va mashg'ulot zallari bilan batafsil tanishgan edilar.

    O'tgan vaqt davomida ikki federatsiya rahbarlari va mutaxassislari o'zaro hamkorlikning aniq yo'nalishlarini rivojlantirish bo'yicha qator onlayn uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazdilar.

    Natijada imzolangan shartnomada quyidagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolangan: o'qituvchilar, sudyalar va tibbiyot xodimlarining o'zaro sayohatlarini tashkil etish orqali bilim va tajriba almashish, maxsus mashg'ulotlar, kurslar, seminarlar, simpoziumlar,ilmiy tadqiqotlar, qo'shma sport tadbirlari va treninglar o'tkazish hamda sport tibbiyoti sohasida mutaxassislar tayyorlash...

    Tomonlar kelishuvining amalda bajarilishi, jumladan, sportchilarni bo'lajak Olimpiya o'yinlariga birgalikda tayyorlash ishlari O'zbekiston va Italiyadagi karantin cheklovlari yumshatilishi bilan boshlanadi.