Maʼlum boʻlishicha, ular quyidagilar:

“BBC World News” telekanali — biznes va sport yangiliklari, hujjatli filmlar;

“CNN International” – ekspertlarning tahliliy sharhlari va biznesga oid reportajlar;

“Bloomberg Television TV” — reportajlar va turli mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatlar;

“CGTN” telekanali – yangiliklar, reportajlar va tematik chiqishlar;

“TRT Avaz” xalqaro turk telekanali — butun dunyodan Yevroosiyodagi turklar uchun xalqaro madaniy yangiliklarni efirga uzatadi.

“Abonentlar endi eng soʻnggi voqea-hodisalardan xabardor boʻlib borishadi”, — deya qoʻshimcha qilinadi “UzDigital TV” axborotida.