Suhbat davomida 100 nafarga yaqin dasturchi yoshlar bilan viloyatda yangi dasturchilar jamoasini shakllantirish, zamonaviy yoʻnalishda yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha savol-javob suhbati boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Fargʻona viloyati yosh dasturchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻlaqonli javoblar oldilar. Bundan tashqari, dasturlashga endi kirib kelgan boshlangʻich dasturchilar ushbu jamoada oʻz bilim hamda koʻnikmalarini orttirib borishlari mumkinligi tushuntirildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.