O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati doirasida Seuldagi Elchixonamiz tomonidan Janubiy Koreyadagi vatandoshlarimiz ishtirokida 23 million Janubiy Koreya voni (18,5 ming dollardan oshiq) miqdorida mablag‘ yig‘ildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.
4-mayda yig‘ilgan mablag‘ «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» Jamoat fondi hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.
Vatandoshlarimiz Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatni e'tiborga olib, Ramazon oyida xayriya yordamini respublikaning ushbu hududidagi toshqindan jabrlangan aholisini moddiy va ma'naviy qo‘llash, shuningdek Sirdaryo viloyatida koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida jo‘natish istagini bildirgan.