UZTELECOM – 12 million abonent ishonchi va Oʻzbekiston raqamli taraqqiyotining ishonchli hamkori

    Biznes 19 Sentabr 2025 1641

    33 yil davomida UZTELECOM Oʻzbekiston telekommunikatsiya tizimining asosini taʼminlab kelmoqda. Bugun kompaniya 12 million abonentni birlashtirib, shaharlar, qishloqlar va mamlakatning eng olis hududlarida yashovchi aholiga aloqa va internet xizmatlarini taqdim etmoqda.

    Kompaniyaning mobil tarmogʻi mamlakat hududining 96 foizini qamrab oladi, optik tolali aloqa liniyalari uzunligi esa qariyb 300 000 kmni tashkil etadi. Bu esa yuqori tezlikdagi internetni telekommunikatsiya nuqtayi nazaridan ilgari “koʻrinmas” boʻlgan eng chekka hududlarga ham ulash imkonini bermoqda.

    Zamonaviy aloqa standartlari joriy qilinmoqda: viloyat markazlarida 5G, avtomagistrallar boʻylab 4G tarmogʻini kengaytirish, biznes va sport inshootlari ichida barqaror aloqa taʼminlash loyihalari, shuningdek, VoltE va VoWi-Fi texnologiyalaridan foydalanish.

    UZTELECOM yechimlari tufayli Oʻzbekiston MDHda birinchi boʻlib barcha viloyat markazlarini 5G tarmogʻi bilan taʼminladi. Toshkent va Samarqandda esa beshinchi avlodning toʻlaqonli qamrovi yaratildi. Bundan tashqari, respublika dunyo boʻyicha ikkinchi davlat boʻlib, 10 Gbit/sek tezlikdagi simli internet texnologiyasini joriy etdi.

    MyUTC mobil ilovasi UZTELECOM raqamli ekotizimining markaziga aylandi. U asosiy xizmatlarni birlashtiradi: aloqa va tariflarni boshqarish, SIM va eSIM ulash, 150 dan ortiq servislar uchun toʻlov, chet elda Travel eSIM ishlatish, transport toʻlovi, mahalliy kompaniyalar aksiyalarini sotib olish, elektromobillarni quvvatlash. Bundan tashqari, cashback va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish imkoniyatlari ham mavjud. Bularning barchasi MyUTC ilovasini kundalik va professional vazifalar uchun universal platformaga aylantirmoqda.

    UZTELECOM biznes va davlat tuzilmalarini asosiy raqamli infratuzilma bilan taʼminlamoqda: maʼlumot markazlari, bulutli platformalar, kiberxavfsizlik, hosting va videokuzatuv tizimlari. Bugungi kunda ushbu yechimlardan butun mamlakat boʻylab minglab tashkilotlar foydalanmoqda.

    Togʻlarda, choʻllarda va qishloq hududlarida yangi baza stansiyalari qurilishi davom etmoqda, “aqlli shaharlar” loyihalari amalga oshirilmoqda va mamlakatning barqaror rivojlanishini taʼminlaydigan milliy raqamli ekotizim shakllanmoqda.

    UZTELECOM – 12 million abonent ishonch bildirgan operator. Ushbu ishonch yangi loyihalar va texnologiyalarga asos boʻlib, Oʻzbekistonning raqamli kelajagini belgilab bermoqda.

    Reklama huquqi asosida