UZTELECOM askiya sanʼati taraqqiyotini qoʻllab-quvvatlaydi

    Milliy qadriyatlarni madaniy meros sifatida asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga yanada sayqallab yetkazish insoniylikning oliy fazilatlaridan biridir.

    Prezidentimizning 2023-yil 11-iyulda qabul qilingan “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan faoliyatlar bu borada namuna vazifasini oʻtamoqda.

    Respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi tomonidan oʻtkazilgan “Askiya sanʼati tarixini oʻrganish va uni amaliyotga joriy qilishning innovatsion omillari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi yuqoridagi fikrlarimizning isbotidir. Mazkur konferensiyada “Oʻzbektelekom” AKning masʼul vakili qatnashdi.

    Aytish joizki, “Oʻzbektelekom” AK tomonidan askiya sanʼati rivojini homiylik asosida qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Doʻstlar klubi” tashkil etilib, muntazam ravishda homiylik xayriyalari ajratib kelinmoqda.

    UZTELECOM YUNESKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan Askiya sanʼati taraqqiyotini har doim qoʻllab-quvvatlaydi.

    “Oʻzbektelekom” AK Axborot xizmati