UZTELECOM raqamli transformatsiya yutuqlarini IWTC 2025da namoyish etdi

    Joriy yil 14-15-aprel kunlari Toshkentda raqamli texnologiyalar sohasidagi yilning eng muhim tadbirlaridan biri – Xalqaro ulgurji telekommunikatsiya kongressi (IWTC) boʻlib oʻtdi.

    Oʻnlab mamlakatlardan telekommunikatsiya bozorining yetakchi vakillari ishtirok etgan Kongress ikkinchi bor Oʻzbekistonda oʻtkazildi va uni tashkil etishda yana mamlakatning yirik operatori hamda Oʻzbekistondagi raqamli oʻzgarishlar harakatlantiruvchisi boʻlgan UZTELECOM asosiy vazifani bajardi.

    UZTELECOM uchun IWTC shunchaki nufuzli tadbir emas. Bu Kompaniya oʻzining keng qamrovli strategiyasini tasdiqlash, xalqaro hamjamiyatga texnologik yechimlarni namoyish etish va sohaning mintaqaviy dasturini shakllantirish uchun muhim platforma hisoblanadi.

    Kompaniya nafaqat IWTCning asosiy hamkori va tashkilotchisi, balki barcha muhokamalar, panel sessiyalari va B2B uchrashuvlarining faol ishtirokchisi sifatidaishtirok etdi. Kongressning diqqat markazi UZTELECOMning barqaror oʻsishi va u yetakchilik koʻrsatayotgan yoʻnalishlar – innovatsion xizmatlar, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va kiberxavfsizlik masalalariga qaratilgan.

    Kongress dasturida MDH davlatlari aloqa maʼmuriyatlarining elektr va pochta aloqasi sohasidagi hamkorligini muvofiqlashtiruvchi xalqaro tashkilot – Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdoʻstlik (ASMH) majlisi alohida oʻrin egallaydi. UZTELECOM ASMHning faoliyatida faol ishtirok etib, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan strategik tashabbuslarni muhokama etish va amalga oshirishga oʻz hissasini qoʻshibkelyapti.

    Kompaniya avvalroq ham bir qator nufuzli mukofotlarga sazovor boʻlgan boʻlib, bu uning muvaffaqiyatli faoliyati va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasini tasdiqlaydi: “GCCM Berlin 2022”da Kompaniya “MDHning eng tez rivojlanayotgan mintaqaviy operatori” deb tan olingan, 2023-yilda esa “2023-yilda MDH mamlakatlari ichida eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator” mukofotiga ega boʻlgan. Bunday eʼtiroflar raqamli oʻzgarishlar, hamkorliklarni mustahkamlash va yangi bozorlarga kirib borish boʻyicha tizimli ishlar natijasi hisoblanadi.

    UZTELECOM telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va xizmatlar sifatini yaxshilash orqali muntazam ravishda raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oshirib kelyapti. Kompaniya 2024-yilda 70 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalarini qurib, aholi punktlarining 96 foizini qamrab oldi. Shuningdek, viloyat markazlarida 5G texnologiyasi joriy etildi, bu esa Oʻzbekistonni MDHda birinchi boʻlib toʻliq 5G qamroviga ega boʻlgan mamlakatga aylantirdi. IWTC 2025da ishtirok etish Kompaniyaning yutuqlarini namoyish etish, hamkorliklarni mustahkamlash va jahon operatorlari bilan tajriba almashish imkonini berdi.

    IWTC 2025da ishtirok etish UZTELECOMning mintaqada telekommunikatsiya sohasida yetakchi sifatidagi oʻrnini mustahkamlashda yana bir qadam hisoblanadi. Kompaniya texnologiyalarni faol ravishda rivojlantirib, jahon tendensiyalari bilan hamnafas tarzda olgʻa intilyapti.

    Reklama