Joriy yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, qiymati 84,4 million dollarga teng boʻlgan 86,2 ming tonnadan ziyod uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 ming tonnaga koʻp.
Maʼlumot oʻrnida, yurtimiz bogʻlarida yetishtirilgan uzum mahsulotining eksporti boʻyicha Rossiya Federatsiyasi 39 ming tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasiga 34,2 ming tonna, Qirgʻiziston Respublikasiga 12,1 ming tonna va Ukrainaga 359 tonna uzum eksport qilingan, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.