Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o'ta qimmat narxlar haqidagi xabar asossiz bo'lib, gibridlangan yoxud navi o'zgartirilgan yirik uzumlarning narxi oddiy mahalliy navlardan narxi yuqori. Misol uchun, “Avatar” navli uzumning 1 kilosi 35 ming so'mdan 70-80 ming so'mgacha, “Mersedes” navli uzumning kilodagi narxi 30 ming so'mdan 70 ming so'mgacha ekanligi aniqlandi.
Qora kishmish va husayni uzumining narxi esa xaridorlar uchun maqbul narxda sotilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidek, barcha uzum navlari ham qimmat emas. Iste'mol uchun yaroqli, ta'mi shirin mahalliy “Kishmish”, “Ketmon sopi”, “Kelin barmoq” navli uzumlarimizning narxi esa 15 mingdan 40 ming so'mgacha sotilmoqda. “Toyfi” navli kuzda pishib etiladigan uzumning narxi 10-15 ming so'm atrofida sotilmoqda.
Nashrlar tomonidan keltirilgan 200 ming so'm turadigan uzumga kelsak, gibrid etishtirilgan va doimiy iste'molga taqdim etilgan nav haqida so'z ketmayapti. Kunlik iste'mol va boshqa maqsadlar uchun xarid orasidagi aniqlikni to'g'ri qo'yishni so'raymiz, — deydi mutasaddilar.