Davlat statistika qoʻmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra, sentyabr oyida uzum narxlari avgust oyiga nisbatan oʻrtacha 9,3 foizga arzonlashgan.

Yil boshidan buyon uzum narxlari oʻrtacha 24,7 foizga arzonlashgani kuzatilgan.

2021-yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda 45497 tonna uzum yetishtirilgan.

Oʻzbekiston 40 ta davlatga qariyb 79 ming tonna uzum eksport qilgan.