баннер
23 Apr 2025
03:12

    “Uzum Tezkor” ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb eʼtirof etildi

    Uzum Tezkor kompaniyasi ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etildi.

    Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.

    Kompaniya tomonidan tayyor ovqat hamda boshqa isteʼmol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida ustun mavqega erishgani toʻgʻrisida qoʻmitaga taqdim etilgan xabarnoma bunga asos sifatida olindi.

    Raqobat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq, platformaning ustun mavqeini suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etadi va tegishli tartibda monitoring oʻtkazib boradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech