Kecha, 2-mart kuni tuman hokimligida oʻtkazilgan faollar yigʻilishida ushbu lavozimga shu kungacha “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy boʻlinmasi rahbari vazifasida ishlab kelgan Narkabilov Alisher Mingkabilovich tayinlanganligi maʼlum qilindi.
A.Narkabilov 1962-yilda Shoʻrchi tumanida tugʻilgan. 1989-yilda Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)ni, 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi)ni tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida turli yillarda Denov shahar hokimining birinchi oʻrinbosari, Surxondaryo viloyati hokimligi kotibiyat mudiri, Qiziriq tumani hokimi va boshqa masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Yigʻilishda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov ishtirok etdi hamda aholining ehtiyoj va talablarini oʻrgangan holda Bobotogʻ hududini kompleks rivojlantirishga oid belgilangan vazifalar ijrosi haqda soʻz yuritdi.