Uzun tumanida qurilishi tugallangan aloqa obyekti foydalanishga topshirildi

    Raqamlashtirish 23 Noyabr 2020 1157

    Isteʼmolchilarga sifatli mobil aloqa xizmatlari hamda keng polasali internet xizmatlarini koʻrsatish maqsadida filialning Surxondaryo viloyati bogʻlamasi tomonidan 2020-yil noyabr oyida Uzun tumani “Bobotogʻ” QFY “Madaniy turmush” mahallasidagi 3G/4G standartida xizmat koʻrsatuvchi mobil aloqa baza stansiyasining qurilishi yakuniga yetkazildi.

    Mazkur tayanch stansiyasi Qurilishi tugallangan aloqa obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasining tegishli qaroriga asosan ishga tushirildi.

    Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Bobotogʻ” QFY “Madaniy turmush” mahallasida 4195 nafar, jumladan “Saxovatli yoʻl” aholi maskanida 1865 nafar va “Fazilat” aholi maskanida 2330 nafar aholi istiqomat qiladi.