“Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” g'oyasini amalda ro'yobga chiqarish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini faollashtirishga hamda ijtimoiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlari joriy etilishiga katta e'tibor berilmoqda.
Loyiha doirasi shu kunga qadar 11 ta shu kabi ziyo maskanlari qurib foydalanishga topshirildi. Kelgusida yana 50 dan ortiq barcha qulaylik va imkoniyatlarga ega bo'lgan “Iste'molchi kutubxonasi” va “Iste'molchilar uyi” binosi qurib bitkazilishi reja qilinmoqda.
Navbatdagi bilim maskanining ochilishi, Curxondaryo viloyatining Uzun tumanida bo'lib o'tdi.
endilikda, Uzun tumanining yoshlari uchun foydalanishga topshirilayotgan mazkur binolardan har bir fuqaro o'zining iste'molchi sifatidagi bilim va ko'nikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Aynan “Iste'molchi kutubxonasi” fondida O'zbekiston qonunlari va iste'molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo'llanmalar, ma'rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan gazeta-jurnallardagi ma'lumotlar joylashtiriladi.
Bundan tashqari kutubxonada zamonaviy “Book cafe” va bepul WiFi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron o'quv qurilmasi ham o'rnatiladi. “Iste'molchilar uyi” binosida esa, fuqarolarning iste'molchilik huquqlari buzilganda ularning ariza va murojaatlari qabul qilinadi.
Bundan tashqari mazkur binoda 10 nafar ish o'rni yaratilgan bo'lib, tumandagi xotin-qizlar uchun “Tikuvchilik tsexi” ham o'z faoliyatini boshladi
Manija Bahrieva,
O'zbekiston iste'molchilar
huquqlarini himoya qilish jamiyatlari
federatsiyasi bosh mutaxassisi









