Bosh vazir Shahboz Sharif ushbu qaror ikki mamlakat oʻrtasidagi yaqin tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettirishi hamda Oʻzbekiston – Pokiston koʻp qirrali sheriklik munosabatlarining strategik darajasini yana bir bor tasdiqlashini taʼkidladi.
Toshkent koʻchasi va buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladigan yangi bogʻ xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga boʻlgan oʻzaro intilish qatʼiy ekanining yaqqol ramziga aylanishi alohida taʼkidlandi.