V Islom birdamligi o'yinlari g'oliblariga beriladigan pul mukofotlari ma'lum bo'ldi

    Sport 18 Avgust 2022 1270

    "Kon`ya shahrida (Turkiya) bo'lib o'tgan V Islom birdamligi o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag'batlantirish to'g'risida“gi Prezident qarori qabul qilindi.

    Qaror bilan V Islom birdamligi o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar:

    ▫️oltin medal` uchun – 5 ming AQSh dollari;
    ▫️kumush medal` uchun – 3 ming AQSh dollari;
    ▫️bronza medal` uchun – 2 ming AQSh dollari;

    Sportchilarni tayyorlagan trenerlar:

    ▫️oltin medal` uchun – 2,5 ming AQSh dollari;
    ▫️kumush medal` uchun – 1,5 ming AQSh dollari;
    ▫️bronza medal` uchun – 1 ming AQSh dollari miqdoridagi bir martalik mablag'lar bilan mukofotlanadi.