Vabo epidemiyasining kuchayishi global iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq

    Ekspetlar kelgusida iqlim o‘zgarishi va global isish tufayli dunyoda ba’zi xavfli epidemiyalar avj olishidan xavotirda. Muammoning dastlabki belgilari allaqachon namoyon bo‘la boshlagan.

    Masalan, yog‘ingarchilik va bo‘ronu to‘fonlar masumida vabo kasalligi avj olishi ma’lum. Dekabrdan mart oyigacha bo‘lgan davr yomg‘irli kunlarga boy.

    Afrikaning Malavi davlatida xuddi shu oylarda vaboga chalinish holatlari kuzatilayotgandi. Ammo vaqt o‘tishi bilan epidemiologik vaziyat o‘zgarmoqda.

    Xususan, BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISЕF) vakili Gerrit Maritsning qayd etishicha, o‘tgan yili mart oyiga kelib bu mamlakatda endemik bo‘lgan vabo epidemiyaga aylangan.

    Ya’ni qurg‘oqchilik mavsumida vabo tarqalishi kuzatildi. Joriy yilda esa bu holat yanada kuchaygan. Fevral oyi boshida kunlik kasallanishlar soni 700 taga yetdi. O‘lim darajasi 3,3 foizni tashkil etdi. Bu — odatdagidan uch baravar ko‘p ko‘rsatkich.

    Mart oyiga kelib esa vabo 1600 nafardan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.

    JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda 30 ta mamlakatda ushbu kasallik epidemiyasi qayd etilgan. Bu holat avvalgi yillarga nisbatan ko‘rsatkichlar o‘rtacha 50 foizga oshganini anglatadi.

    Shu bois olimlar iqlimning keskin o‘zgarishi vaboga chalinish holatlari ortishiga sabab bo‘ladi, deb xulosa qilmoqda.