Vakant lavozimlarning yagona ochiq portali ishga tushdi

    Ijtimoiy hayot 25 Noyabr 2020 1341

    Koronavirus pandemiyasi tufayli afsuski, koʻplab hamyurtlarimiz oʻz ishlaridan, doimiy daromadidan ajraldi. Xorijdan qaytgan, qoʻlida kasbi va hunari bor yuzlab kishilar qayerdan ish izlashni bilmay turgani ham achchiq haqiqat.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

    Portal orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy hokimliklardagi vakant lavozimlarga munosib kadrlarni tanlab olish maqsadida ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qilib boriladi.

    Boʻsh ish oʻrinlariga nomzodlar hujjatlarini elektron shaklda taqdim etish mumkin.