Vakolati tugagan sudyalar navbatdagi muddatga lavozimga tayinlandi

    Voqea-hodisalar 22 Noyabr 2022 1656

    Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida vakolat muddati yakuniga yetgan bir guruh sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishining navbatdagi muddatiga tayinlashga oid masala ham ko‘rib chiqildi.

    Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq:

    Allaberdiyev Sanjar Abdushukurovich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Surxondaryo viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga;

    Jabborov Akbarjon Amrulloyevich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Buxoro viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro shahar sudining sudyasi lavozimiga;

    Toshev Ashurali Aktamevich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Chiroqchi tumani sudining raisi lavozimiga;

    Avezov Adiz Murodbekovich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Navoiy viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Qiziltepa tumani sudining raisi lavozimiga;

    Akramov Abrorxon Agzamovich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Fargʻona viloyati sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga;

    Mavlonov Zuhriddin Erkinovich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Surxondaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga;

    Toʻxtaboyev Shuhratjon Turgʻunboyevich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;

    Yusupov Ixtiyorjon Adhamovich – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Toshkent viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga;

    Zayniddinova Latofat Sayfiddinovna – sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.