Uchta mutatsiya bilan xarakterlanadigan S-oqsillar ACE2 hujayra retseptorlari bilan oʻzaro aloqaga kirishib, virusning hujayralarga kirib olishiga sabab boʻladi. Pfizer i Moderna vaksinasi qabul qilgandan soʻng mutatsiyalar taʼsirida virus antitanachani neytrallashtiradi.
Eslatib oʻtamiz, dunyo boʻyicha 49 221 nafar odam koronavirusning mazkur shtammi bilan kasallangan. Ularning 97 foizi AQSH hissasiga toʻgʻri keladi. Mamlakatda ushbu shtamm bilan kasallanganlarning yarmidan koʻpi Kaliforniya shtatida qayd etilgan.
Biroq mamlakatda koronavirusning hindcha shtammi — “delta” yetakchilik qilmoqda. AQSHda COVID-19ni yuqtirish bilan bogʻliq yangi holatlarning yarmidan koʻpi ushbu shtammga taalluqli.