Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesusning brifingda maʻlumotiga koʻra, koronavirusga qarshi samarali dori vosita umuman paydo boʻlmasligi ham mumkin.
"Hozirda bir qator vaktsinalar klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan oʻtmoqda va barchamiz odamlarni kasallanishini oldini olishga yordam beradigan samarali vaktsinalarning qandaydir miqdorini olishga umid qilib qolamiz. Ammo, hozirda mukammal davo yoʻq va u hech qachon paydo boʻlmasligi ham mumkin”, — dedi u.
U yana bir bor niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, gigienaga amal qilish va testlarni oʻtkazish muhimligini taʻkidladi.