Quyida ukrainalik siyosatshunosning fikri havola etilmoqda:

“Nyu-York shahrida oʻtayotgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida koʻplab davlatlar rahbarlarining nutqlarini qiziqish bilan tinglayapman. Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqaro xamjamiyatni ekologik falokatlar oqibatlarini bartaraf etish va bunday fojialarning oldini olishda samarali mexanizmlarni yaratish boʻyicha chaqirigʻiga alohida eʼtibor qaratdim.

Prezident Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi, deb eʼlon qilish hamda xalqaro ekologik tizimlarni muhofaza qilish va tiklash kunini belgilash toʻgʻrisidagi BMT Bosh Assembleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida gʻoyani aniq ifoda etdi.

Ushbu xalqaro tashabbus Oʻzbekistonning avvalgi maqsadli saʼy-harakatlarining mantiqiy davomidir. Maʼlumki, “2017-2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”da global iqlim oʻzgarishi va Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini yumshatish boʻyicha tizimli choralar koʻrish vazifasi taʼkidlangan. 2017-yil mintaqada ekologik falokat oqibatlarini yumshatish va aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan Oʻzbekiston Prezidentining “2017-2021-yillarda Orolboʻyi-mintaqasini rivojlantirish” davlat dasturi qabul qilingan edi. Shuningdek, 2018-yil BMTning bosh qarorgohida “Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashning yaxlit strategiyasiga yoʻnaltirilgan mintaqaviy va xalqaro xamkorlikni rivojlantirish” masalasi rasmiy ravishda muhokama qilinib, Orol dengizi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast jamgʻarmasi tashkil etilgan.

Xalqaro hamjamiyat Orol dengizining qurishi nafaqat mintaqaviy, balki global muomma va fojia ekanini tan oladi. Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi, deb eʼlon qilish tashabbusi Oʻzbekiston rahbari tomonidan 2018-yil Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischilari boʻlgan davlatlar raxbarlarining Turkmanboshida boʻlib oʻtgan sammitida bildirilgan va har tomonlama ilmiy ekspertizadan oʻtkazilgan. BMTning maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishning maqsadga muvofiqligi BMT homiyligida oʻtkazilgan “Orol dengizi mintaqasi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” nomli yuqori darajadagi xalqaro anjuman qarorlarida ham qoʻllab-quvvatlangan edi.

Umid qilamanki, Ukraina Oʻzbekiston Prezidentining Orol dengizi mintaqasini Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi, deb eʼlon qilish yuzasidan BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish toʻgʻrisida taklifini faol ravishda qoʻllab-quvatlaydi va xalqaro hamjamiyatning Orol dengizi mintaqasini qutqarish boʻyicha saʼy- harakatlarida faol ishtirok etadi. Buning uchun esa bizda yetarli darajada ilm-fan va texnikaviy mutaxassislari hamda ishlab chiqarish quvvatlari mavjud".