Dastlabki to'lovlar va rublning so'mga konvertatsiyasi bo'yicha ilk kelishuvlar ham amalga oshirilgan. Bu haqda «VeB.RF» Rossiya davlat korporatsiyasining O'zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etilgan konferentsiyada Rossiya eksport markazi rahbari Veronika Nikishina ma'lum qilgan.
Ta'kidlash joiz, so'nggi yillarda Rossiya tashqi savdoda dollardan uzoqlashishga harakat qilmoqda. Xususan, Turkiya, Xitoy va Hindistonning yirik savdo tashkilotlari bilan o'zaro hisob-kitoblar milliy valyutalarga o'tmoqda.
SHuningdek, Rossiyaning yirik gaz va neft` eksportchilari dollardan evroga o'tgan.