«Valyutafurushlar» faoliyatiga chek qoʻyildi

    Yangi Namangan tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Ш.К. fuqaro Х.М.га 4 000 AQSH dollarini 50,6 mln soʻmga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Shuningdek, Departamentning Xonqa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Р.М. fuqaro З.А.га 4 000 AQSH dollarini 50,5 mln soʻmga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Departamentning Chiroqchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Б.Б. fuqaro О.В.га 3 100 AQSH dollarini 39,1 mln soʻmga sotayotgan vaqtda ushlanib, uning yonidan 1 100 AQSH dollari va 5,5 mln soʻm miqdordagi pul mablagʻlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.