Valyuta savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

    Buxoroda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan noqonuniy valyuta savdosi holatlarini aniqlash boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan А.Н. fuqaro В.S.дан 240 ming Rossiya rublini 31,2 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Shuningdek, Departamentning Gʻozgʻon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M jami 1,3 mln Qozoq tengesini fuqaro А.J.ga 37 mln soʻmga sotishga kelishib, shundan yonida boʻlgan 1,2 mln Qozoq tengesini berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.