Van Gogning eskizi rekord darajada — 10,4 million dollarga sotildi

    Nyu-Yorkdagi kim oshdi savdosida Vinsent Van Gogning “Yosh yapon ayoli” kartinasi uchun chizilgan eskiz 10,4 million dollarga sotildi. Bu haqda Christie's kim oshdi savdo uyi o'zining Tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

    Suratning eskizi (taxminan 1888 yilda yaratilgan) 10 436 000 dollarga baholangani aniqlandi.

    “Texnik jihatdan innovatsion, berilgan urg'u, chiziq va nuqtalar diapazoni bilan ushbu portret kartina mohiyatini aks ettiradi”, deyiladi xabarda.

    Art Newspaper gazetasining aniqlik kiritishicha, eskiz 10,4 million dollarga sotilgan. Bu Van Gog rasmlari uchun kim oshdi savdosidagi rekord miqdor ekanligi ta'kidlandi.

    Van Gog ushbu rasmni 1888 yil yozida Frantsiyaning Arl` shahrida (Provans) yaratgan va uni dastlab “Janubiy Yaponiya” deb atagan. Rasmda 12 - 14 yosh atrofidagi qiz tasvirlangan.