Toshkent “Fotosuratlar uyi”da O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, rassom Aziza Mamatovaning “Vaqt, inson va tafakkur” deb nomlangan ko'rgazmasi ochildi.

Ekspozitsiyadan ko'rgazma muallifi mehr bilan yaratgan Vatanimizning buyuk alloma-mutafakkirlari, ilm-fan, san'at, madaniyatimizning taniqli siymolari portretlari o'rin olgan.

Musavvir har bir shaxsga xos xislatlar, individuallikni, ruhiy xolatni ranglar vositasida tasvirlab rassomlik san'atini milliy rangtasvir yo'nalishini yanada boyitadi.

Aziza Mamatova 1947 yil 15 aprelda Qo'qonda tavallud topgan. Rossiya Badiiy akademiyasining I.E.Repin nomidagi rangtasvir, haykaltaroshlik va me'morlik oliy o'quv yurtida taxsil olgan. Shu o'quv yurtida aspiranturada o'qidi.

Hozirda Kamoliddin Bexzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida dotsent lavozimida talabalarga saboq bermoqda.

O'zbekiston Badiiy akademiyasining “Oltin medali” bilan taqdirlangan.

Hasan Abdunazarov