Лого Лого-пв-уз

    Vardanyan – “Parij-2024”da ishtirok etadi

    U bu sharafga ega bo'lgan uchinchi sportchimiz

    Kecha yunon-rum kurashchimiz Aram Vardanyan Serbiyada o'tayotgan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatida -77 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Nao Kusakaga imkoniyatni boy berdi. So'ng Olimpiada yo'llanmasi uchun qozog'istonlik Demeu Jadiraevga qarshi kurashda g'alaba qozondi va to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylandi.

    Aram Olimpiada yo'llanmasi ega bo'lgan o'zbekistonlik uchinchi sportchi. Ungacha gimnastikachi Taxmina Ikromova hamda erkin kurashchi Jabroil SHapiev “Parij-2024”da ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan edi.