Vashingtonda avtomobil Oq uy devoriga borib urildi

    Huquq-tartibot idoralari xodimlari Vashingtonda Oq uy devoriga borib urilgan mashina haydovchisini qo‘lga oldi.

    Bu haqda AQSH maxfiy xizmati vakili Entoni Gulelmi maʼlum qildi.

    Xabarlarga koʻra, mahalliy vaqt bilan taxminan 18:00 da avtomobil Oq uyning tashqi darvozasiga borib urilgan. Avtomobil haydovchisi zudlik bilan hibsga olindi.

    Gulelmining taʼkidlashicha, toʻqnashuv sabablari boʻyicha tergov ishlari olib borilmoqda.