Vatanga qasamyod — eng oliy sharaf

    Vatanga qasamyodni qabul qilar ekan, har bir kursant koʻzidagi hayajon uning qay darajada masʼuliyatli va sharafli kasbni tanlaganiga amin boʻlganini bildirib turibdi.

    Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida Vatanga qasamyodni qabul qilish tantanali tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi rahbariyati, mehnat faxriylari, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

    Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, bojxona xizmati polkovnigi Oʻtkirjon Qodirov soʻzga chiqib, yoshlarimiz uchun misli koʻrilmagan imkoniyatlar ochilganini taʼkidladi.

    Shuningdek, Oʻ.Qodirov kursant degan sharafli nomga sazovor boʻlganliklari bilan birinchi kurs kursantlarini samimiy tabrikladi. Vatanga qasamyodni qabul qilar ekan, har bir kursant koʻzidagi hayajon uning qay darajada masʼuliyatli va sharafli kasbni tanlaganiga amin boʻlganini bildirib turibdi.

    1-kurs kursanti D.Gʻaniyev oʻz nutqida davlatimizning yuksak eʼtibori hamda gʻamxoʻrligini doimo yodda tutgan holda xalq manfaatlariga xizmat qilishdek oliy maqsad bilan bilim olish, kelajakda yetuk mutaxassis boʻlishga vaʼda berdi. Vatanga qasamyod tadbiri kursantlarning saf maydoni boʻylab tantanali yurishi bilan yakunlandi.