O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi buyrug‘iga muvofiq, Markaziy kengash raisining ommaviy texnik kasb mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga Kamolov Qahramon Abduvaliyevich tayinlandi.

Q.Kamolov bunga qadar Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi
“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati