Dunyo bo‘ylab poyga ixlosmandlari intiqib kutayotgan ushbu nufuzli musobaqada germaniyalik Sebastyan Fettel, angliyalik Lyuis Xemilton, niderlandiyalik Maks Ferstappen kabi bir qator taniqli poygachi sportchilar o‘zaro bellashishi kutilmoqda.
Mubashirxon Jo‘rayev 1974 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi avtosport seksiyasining murabbiyi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Motokross, avtokross va karting sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan respublika chempionatlarida ko‘p marotaba bosh hakamlik qilib kelgan.
“Vatanparvar” tashkilotining sportchilari nafaqat respublika, balki MDH, Osiyo va jahon chempionatlarida yuqori o‘rinlarni egallab, mamlakatimiz nufuzi, obro‘-e’tibori oshishiga salmoqli hissa qo‘shmoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Germaniyaning Zul shahrida sportning o‘q otish turi sporti bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etgan “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining pnevmatik quroldan o‘q otish seksiyasi a’zosi, 18 yoshli Muhammad Kamolov 10 metr masofaga to‘pponchadan otish musobaqasida munosib ishtirok etib, 3-o‘rinni egalladi. U, o‘tgan 2021 yilning sentabr oyida Rossiya Federatsiyasinng Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi MDH davlatlari o‘yinlarining pnevmatik miltiqdan o‘q otish musobaqasida oltin hamda Qozog‘iston Respublikasinng Chimkent shahri mezbonlik qilgan XXIV-Osiyo chempionatida kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lgan.
Bundan tashqari, joriy yilning may oyida Qozog‘iston Respublikasida karting bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan chempionatning birinchi bosqichida “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining karting sporti seksiyasi sportchisi, 14 yoshli Yasmina Egamberdiyeva “OK-junior” sinfida birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi tasarrufidagi Yashnobod tumani O‘quv sport texnik klubining karting sporti seksiyasi sportchisi, 11 yoshli Amir Xamrayev ushbu musobaqaning “Super-mini” sinfida bellashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi
“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati